O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun import boji tartibi yangilandi

O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun import boji tartibi yangilandi

Prezident qarori bilan yangi avtomobillar va ularning qismlari uchun bojxona to‘lovlari tartibiga o‘zgarish kiritildi. Bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish va tartibni shaffoflashtirishni maqsad qiladi.

O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) kodlari qayta ko‘rib chiqilib, yangi import bojxona boҷi stavkalari joriy etildi. Ushbu o‘zgarishlar Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga moslashtirish va milliy bozorda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat kodlari Jahon bojxona tashkiloti qoidalari asosida yuritiladi. 2027 yildan TIF TN Yagona tarif tizimi asosida kodlashtiriladi va bozordagi tovarlar shu asosda klassifikatsiya qilinadi.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar uchun qo‘llanadigan 87-gruppa kodlari qayta shakllantirildi. Bundan buyon 3 yilgacha ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar ikki toifa bo‘yicha import bojiga tortiladi: 1 yilgacha va 3 yilgacha ishlab chiqarilgan mashinalar uchun alohida tariflar belgilanadi.

Avtomobil ehtiyot qismlari uchun ham yangi tartib joriy etildi. Yangisi uchun 5 foiz, avval foydalanilgani uchun esa 15 foizlik import boji stavkalari belgilandi. Hozircha ular yagona kodda tasniflangani bois, qismlarning yangi yoki eskiligi aniq belgilanmagan. Shu bois 3 oy muddatda aniqlovchi mezonlarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Bu o‘zgarishlar import jarayonidagi ikkiyoqlamalik va noaniqliklarni bartaraf etish hamda savdo munosabatlarini tartibga solishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.