Hajda ellikboshilik qilayotgan imom vafot etdi

Hajda ellikboshilik qilayotgan imom vafot etdi

Ma’lumotlarga ko’ra, joriy yilgi Haj mavsumida ziyoratchilarga ellikboshilik qilayotgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi. Bu haqda masjidning Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, imom Madinada betob bo‘lib, komaga tushib qolgan va bugun, 26-may kuni tongda vafot etgan.

“Madinada bugun, xastalikdan so‘ng Robbim huzuriga omonatlarini topshirdilar. Ilmli, ilmiga amal qilgan inson edilar. Yaqinlariga, shogirdlariga, oila a’zolariga sabr bersin”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, hozircha imomning vafotining aniq sabablari ma’lum emas.

 

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.