Trampning 249 dollarlik «G’alaba»sini kutib oling

Trampning 249 dollarlik «G’alaba»sini kutib oling

Amerikaning gapirib tinmaydigan prezident janob Tramp endi o’z biznesini atir sohasida ham sinab ko’rishga qaror qilgan sheklli. U yaqinda 2ta yangi atirni namoyish qildi.

AQSH prezidenti Donald Trampning bu biznesi 2016 va 2024-yillardagi prezidentlik saylovlaridagi g’alabasiga bag’ishlangan. Bu atrlar «Victory 45-47» deb nomlanib, Tramp savdo brendi ostida ishlab chiqariladi.

— Tramp parfyumlari shu yerda. Ular «Victory 45-47» deb nomlanadi, chunki ular g’alaba qozonish, kuch va muvaffaqiyat – erkaklar va ayollar uchun. O’zingizga shisha sotib oling va yaqinlaringiz uchun shisha sotib olishni unutmang. Rohatlaning, zavqlaning va g’alaba qozonishda davom eting, — deydi videotarg’ibotida Tramp.

Agar siz bu xushbo’y hidlardan sotib olmoqchi bo’lsangiz bir shisha uchun 199 dollardan 249 dollargacha pulni cho’ntagingizdan chiqarishingiz kerak bo’ladi.

Prezident va biznesmen Donald Trampda bu yangi o’ziga xos biznesdan tashqari galstuk, ko‘ylak va boshqa aksessuarlarni ham ommaga taqdim etgan edi.

Uning galstuk sohasidagi biznesi Tramp brendi ostida bo’lib, yorqin rangli va ko‘pincha qizil, ko‘k yoki boshqa diqqatga sazovor ranglarda bo‘lgan. Ular 100% ipakdan tayyorlangan va yuqori sifatli materiallar sifatida taqdim etilgan. Bu galstuklar, asosan davlat rahbarlari, yuqori martabali shaxslarga ataladi, sababi juda qimmat narxlarda bozorga taqdim etilgan.

Bundan tashqari, Tramp brendi kamarlar, manjet tugmalari (cufflinks), shlyapalar va ba’zi hollarda soatlar kabi mahsulotlar ham ishlab chiqarishni ham kanda qilmaydi. Ularni ham Donaldning o’zi yoki yuqori lavozmli biror yaqini reklama qilib berish holatlari tez-tez ko’zga tashlanadi.

Dinora OMONTOSHEVA, «MUHIM24.uz»