Messi futbol tarixida yana bir rekord o‘rnatdi

Messi futbol tarixida yana bir rekord o‘rnatdi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi deyarli har bir o‘yinda yangi rekord o‘rnatishni davom ettirmoqda.

MLS doirasida “Nyu-England Revolyushn”ga qarshi o‘yinda argentinalik futbolchi dublga erishdi. Ularning biri uzoq masofadan yo‘llangan chiroyli zarba bilan kiritildi.

Shu tariqa Messi futbol tarixida birinchi bo‘lib o‘yindan (ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasiz) jarima maydonchasidan tashqaridan 100 ta gol urgan futbolchiga aylandi.

Hozirgi MLS mavsumida 38 yoshli hujumchining hisobida 14 ta gol bor. U turnirning eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida “Nashvill” vakili Sem Sarrijdan so’ng (16 ta gol) ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023-yil yozidan beri “Inter Mayami” safida to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, Lionel Andrés » Leo » Messi 1987-yil 24-iyunda tugʻilgan. Argentinalik professional futbolchi oliy liganing “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasida hujumchi va sardor sifatida oʻynaydi. Tarixdagi eng buyuk o’yinchilardan biri sifatida e’tirof etilgan Messi o’zining professional futbolchilik faoliyati davomida qo’ga kiritilgan shaxsiy  mukofotlar, jumladan sakkizta»Oltin to’p», oltita Yevropa «Oltin butsalari» va sakkiz marta FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U professional futbol tarixidagi 45 ta jamoaviy sovrinni. Messining rekordlari orasida kalendar yilidagi eng ko’p gol FIFA Jahon chempionatida gol urgan (21) va Amerika Kubogida gol urgan (32). Gol muallifi va kreativ pleymeyker, Messi faoliyati davomida 850 dan ortiq gol va klub va terma jamoa uchun 380 dan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.