Assalomu alaykum aziz Paxtachiliklar va tumanimiz mehmonlari!
O‘zbekiston Respublikasining eng ulug‘ va qadrli ayyomlaridan biri – Mustaqillik bayrami hududlarda keng nishonlanadi. Bu davrda jamoat joylarida, xiyobonlarda, maydonlarda katta tadbirlar, konsert dasturlari va mushakbozliklar uyushtiriladi. Shu boisdan, bayram tadbirlarini o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish barcha tashkilotchilar va fuqarolarning asosiy vazifasidir.
- Ommaviy tadbirlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish
Bayram tadbirlarini o‘tkazish joylari oldindan ko‘zdan kechirilishi va yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi tekshirilishi lozim.
Sahna jihozlari, yoritish va ovoz kuchaytirish uskunalari faqat sertifikatlangan elektr tarmoqlariga ulanishi lozim.
Elektr simlari, kabellar va yoritgichlar yonuvchi materiallarga yaqin joylashtirilmasligi kerak.
Bayram o‘tkaziladigan joylarda yong‘in o‘chirgichlar, qum qoplari va suv idishlari yetarli miqdorda tayyor bo‘lishi zarur.
- Mushakbozlik va pirotexnika vositalaridan foydalanish
Mushakbozlik faqat litsenziyaga ega maxsus mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishi lozim.
Pirotexnika vositalarini aholining zich joylashgan hududlarida, turar joylarga yaqin hududlarda ishlatish taqiqlanadi.
Mushakbozlik paytida tomoshabinlar xavfsiz masofada joylashtirilishi shart.
Pirotexnika mahsulotlarini bolalarga berish qat’iyan man etiladi.
Bayram tadbirlarida faoliyat yuritadigan savdo nuqtalari va oshxonalarda gaz ballonlarini ishlatish qaiyan taqiqlanishi lozim.
Elektr plitalar, isitkichlar va boshqa jihozlardan foydalanishda nosozlik aniqlansa, darhol to‘xtatish zarur.
Tadbir tashkilotchilari evakuatsiya yo‘llari ochiq va belgilangan bo‘lishini ta’minlashlari shart.
Bayram o‘tkaziladigan hududlardagi har bir fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi zarur.
Mustaqillik bayramini xavfsiz va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish har birimizning burchimizdir. Bayram – quvonch manbai bo‘lishi kerak, tasodifiy yong‘inlar esa barcha shodiyonalarga dog‘ tushirishi mumkin.