«To’ylar muborak bo’lsin!» endi hammasi nazoratga olinadi

«To’ylar muborak bo’lsin!» endi hammasi nazoratga olinadi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 589-son qaroriga ko‘ra, “Oqilona iste’mol” (Save Food) dasturi doirasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar belgilangan tartibda o‘tkazilishi qat’iy nazoratga olinadi.

Unga ko’ra:

  • 2026—2030-yillar “Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri” deb e’lon qilinadi. Bu davrda aholi ehtiyojiga yetarli va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish hamda ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish choralari ko‘riladi.

  • “Oqilona iste’mol” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

  • To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senat kengashining 2019-yil 14-sentyabrdagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida o‘tkaziladi.

Nizom talablari:

  • Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, osh berish marosimlarida 250 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.

  • Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, osh berish marosimlarida 300 nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin.

  • Milliy an’analarga yot va odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan tadbirlar, shuningdek, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan rasm-rusumlar (masalan, “kuyov navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “tog‘ora yuborish” va boshqalar) o‘tkazish taqiqlanadi.

  • Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlar (masalan, “yetti”, “payshanbalik”, “yakshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “hayit”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” va boshqalar) man etiladi.

2025-yil aprel oyidagi Prezident farmoniga ko‘ra, avgust oyida Oliy Majlis palatalari kengashlarining yangi qo‘shma qarori loyihasi tayyorlanishi belgilandi. Ushbu loyihada to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar nazarda tutiladi. Biroq, ushbu hujjat hozircha e’lon qilinmagan.