Bu yil eng ko‘p uzum yetishtirgan viloyat deb Samarqand tan olindi

Bu yil eng ko‘p uzum yetishtirgan viloyat deb Samarqand tan olindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 1,5 mln tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi:

🔹Samarqand viloyati – 567 226 tonna;
🔹Buxoro viloyati – 184 743 tonna;
🔹Farg‘ona viloyati – 150 986 tonna;
🔹Namangan viloyati – 97 620 tonna;
🔹Qashqadaryo viloyati – 90 277 tonna;
🔹Surxondaryo viloyati – 84 207 tonna;
🔹Navoiy viloyati – 76 819 tonna;
🔹Toshkent viloyati – 76 190 tonna;
🔹Andijon viloyati – 60 283 tonna;
🔹Xorazm viloyati – 36 150 tonna;
🔹Jizzax viloyati – 24 584 tonna;
🔹Sirdaryo viloyati – 12 589 tonna;
🔹Qoraqalpog‘iston Res – 6 754 tonna;
🔹Toshkent shahri – 120 tonna.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.