Behbudiy tug‘ilgan mahallaga uning nomi berildi

Behbudiy tug‘ilgan mahallaga uning nomi berildi

Mahmudxo‘ja Behbudiy qayerda tug‘ilganini bilasizmi?

U Toyloq tumanidagi hozirgi Baxshitepa mahallasida dunyoga kelgan.

Yaqinda viloyat hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishida Baxshitepa mahallasi nomi o‘zgartirildi, yaʼni ushbu mahallaga Mahmudxo‘ja Behbudiy nomi berildi.

Bugun Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, Turkiston jadidlik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy nomini abadiylashtirishga ham katta eʼtibor berilmoqda. Shu maqsadda o‘zi tug‘ilib o‘sgan mahalla uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi.