Dushanbe, 18 dekabr 2025-yil – Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorevni vazirlikka chaqirib, Moskva viloyati Odintsovo tumani Gorki-2 posyolkasidagi Uspenskaya o‘rta maktabida sodir bo‘lgan qotillik hodisasi yuzasidan norozilik notasini topshirdi. Bu haqda «Meduza» nashri xabar bermoqda.
Vazirlik rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, 2025-yil 16-dekabr kuni ertalab maktabga kelgan 15 yoshli o‘quvchi pichoq va gaz balonchasi bilan qo‘riqchiga hujum qilib, uni jarohatlagan, so‘ngra 4-sinf o‘quvchisi, Tojikiston fuqarosi Qobiljon Aliyevga (10 yosh) bir necha marta pichoq urgan. Bolakay voqea joyida vafot etgan.
Tojikiston TIV bu hujumni “milliy adovat asosida sodir etilgan” deb baholab, uni qat’iyan qoraladi. Bayonotda aytilishicha, hujumchi bolalarga “Qaysi millatdansan?” deb so‘ragan va video yozib olgan. Vazirlik Rossiya tomonidan “zudlik bilan, ob’ektiv va xolis tergov o‘tkazish”ni talab qildi, shuningdek, barcha aybdorlarni qonuniy javobgarlikka tortishni so‘radi.

Foto: Gorki shahridagi maktab darvozasida o’ldirilgan to’rtinchi sinf o’quvchisining onasi, 2025-yil 16-dekabr. Maksim Shipenkov / EPA / Scanpix / LETA
Marhum Qobiljon Aliyevning onasi shu maktabda farrosh bo‘lib ishlagan, oila bir necha yil oldin erining vafotidan keyin Rossiyaga ko‘chib o‘tgan. Bolaning Tojikiston va Rossiya fuqaroligi bo‘lganligi haqida ham ma’lumotlar bor.
Xo’sh, voqea qanday yuz bergan?
16-dekabr kuni Moskva viloyatining Odintsovo tumanida o’smir pichoq bilan maktabga kelib, o’quvchilarga hujum qilgan. Hodisa haqida birinchi bo’lib «Baza», «112», «Mash», «Shot» va «Ostorojno Novosti» Telegram kanallari xabar berishdi. Ularning so’zlariga ko’ra, hujum Gorki-2 qishlog’idagi Uspenskaya umumiy o’rta maktabida sodir bo’lgan. Keyinchalik Rossiya Tergov qo’mitasi Telegram kanallarining xabarlarini tasdiqlagan.
Tergov qo’mitasi xabar berishicha , hujum natijasida o’quvchilardan biri halok bo’lgan. Moskva viloyati politsiyasining ma’lumotlariga ko’ra, bola o’n yoshli bo’lib, pichoq jarohatlari olgan. Telegram kanallariga ko’ra, u to’rtinchi sinf o’quvchisi bo’lgan.
Telegram kanallariga ko’ra, hujumchi hozirda qo’lga olingan, uning ismi Timofey K., u 15 yoshda va o’sha maktabning to’qqizinchi sinf o’quvchisi bo’lgan. Baza ma’lumotlariga ko’ra, hujumdan keyin u o’ldirgan bolaning jasadi bilan selfi olgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi “Qotillik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Hujumchi qo‘lga olingan va u tayyorgarlik ko‘rganligi, shu jumladan, neonatsistlar bilan bog‘liq unsurlar (masalan, shlemda sitata) haqida xabarlar tarqalgan.
Rossiya TIV o‘z navbatida Tojikiston tomoniga hamdardlik bildirdi va oilaga ta’ziya izhor qildi.
Shuningdek, Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasiga marhumning oilasi va do’stlari bilan doimiy aloqada bo’lish va bu masalani nazorat qilish topshirildi», deb ta’kidladi Tashqi ishlar vazirligi.
