Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik chiqdimi?

Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik chiqdimi?

Qo‘qonda ommaviy tartibsizlik bo‘lgani yo‘q — Farg‘ona viloyati IIB ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarga munosabat bildirdi. 
Ma’lum qilinishicha, kecha soat 23:55da Qo‘qonda “Yangi yil” bayramini nishonlash maqsadida yo‘lning qatnov qismida shu yerda yashovchi fuqarolar “mushakbozlik” uyushtirmoqchi bo‘lgan.
O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida jamoat tartibi, xarakat xavfsizligi ta’minlangan va huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

“Biroq tarqalgan xabarlardagi kabi avtomashina yoqib yuborilganligi holati sodir bo‘lmagan va bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi rasmiy xabarda.