Navoiy viloyatida avtobus ag‘darildi: 2 kishi halok bo‘ldi, 9 nafar fuqaro jarohatlandi
Joriy yil 5-yanvar kuni soat 7:40 atrofida Tomdi tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Navoiy–Uchquduq” avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
“Zarafshon–Navoiy” yo‘nalishida 47 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanayotgan, “Zhong Tong Bus” avtobusi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan. Hodisa oqibatida 2 nafar yo‘lovchi vafot etdi, 9 nafar fuqaro turli tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
