O‘zgidromet kuchli shamollar haqida ogohlantirmoqda

O‘zgidromet kuchli shamollar haqida ogohlantirmoqda

O‘zgidromet 21 yanvar kuni respublika hududida ob-havo sharoiti o‘zgarishi va ayrim hududlarda kuchli shamollar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, kunduzi mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor.

Shamolning o‘rtacha tezligi 7–12 m/s bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kunduzi 5–10 daraja iliq, mamlakatning shimoliy hududlarida 0–5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi 3–8 m/s, harorat 7–9 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi, yo‘llarning ba’zi qismlarida yaxmalak kuzatilishi ehtimoli bor. Bu hududlarda shamol 9–14 m/s tezlikda esadi.

Fuqarolardan ehtiyotkor bo‘lish, ayniqsa, kuchli shamol va tog‘li hududlardagi xavfli holatlarni inobatga olish so‘ralgan.