Pxenyan Eronga raketa yetkazib berishga tayyor

Pxenyan Eronga raketa yetkazib berishga tayyor

​»Isroilni yo‘q qilish uchun bitta raketa yetarli», — Shimoliy Koreya yetakchisi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Eronni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, Isroil va AQSH manzili tomon qat’iy ogohlantirishlar yo‘lladi. Bu haqda bir qator xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

«Isroilni yo‘q qilish uchun bitta raketa yetarli»

​KXDR yetakchisi o‘z bayonotida Shimoliy Koreyaning yadroviy va ballistik arsenali mislsiz vayronkor kuchga ega ekanligiga urg‘u berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Tehron so‘rov yuborsa, Pxenyan Isroilga qarshi kurashish uchun zarur raketa tizimlarini yetkazib berishga tayyor.

«Isroilni yo‘q qilish uchun bitta raketa yetarli,» — deya ta’kidladi Kim Chen In o‘z chiqishida.

​​Kim Chen In Yaqin Sharqdagi joriy vaziyatni baholar ekan, AQSH va Isroilning xatti-harakatlarini keskin qoraladi.

«Noqonuniy agressiya», yetakchi Eron suverenitetiga nisbatan qilinayotgan bosimlarni xalqaro huquq normalarining buzilishi deb atadi.

​AQSHning siyosati «gangstercha tabiat»ga ega ekanligini va Vashington o‘z gegemonligini saqlab qolish uchun boshqa davlatlar mustaqilligiga tajovuz qilayotganini qo‘shimcha qildi.

​​Ushbu bayonot dunyo miqyosida katta rezonans keltirib chiqardi. Ekspertlarning fikricha, KXDR va Eron o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning kuchayishi yangi bosqichga chiqishi mumkin.

​Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar ko‘lamini yanada kengaytirishi mumkin.

​Bu esa o‘z navbatida G‘arb davlatlari uchun qo‘shimcha xavfsizlik xatarlarini keltirib chiqaradi.

​Shuningdek, Pxenyanning jahon siyosatidagi faolligini va «antig‘arb» koalitsiyasidagi rolini ko‘rsatadi.

​Hozircha rasmiy Tehron va Isroil tomoni ushbu bayonotga nisbatan o‘z munosabatini bildirgani yo‘q. Biroq, Shimoliy Koreyaning bunday ochiq tahdidi mintaqadagi harbiy-siyosiy muvozanatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.