Dorixonalardagi ortiqcha hisob-kitoblar fosh bo‘ldi

Dorixonalardagi ortiqcha hisob-kitoblar fosh bo‘ldi

Namangan viloyatida dori vositalarining narxini asossiz ravishda oshirgan dorixonalar va ulgurji savdo korxonalariga nisbatan choralar ko‘rildi.

​Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

​26 ta dorixona va ulgurji savdo tashkilotida noqonuniy daromad turi aniqlangsn. Belgilangan ustamalardan yuqori narx qo‘llash natijasida jami 497 million so‘mga yaqin ortiqcha mablag‘ olingan.

​Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, dori vositalari uchun qat’iy belgilangan ustama miqdorlari mavjud. Ushbu tartibni buzgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan belgilangan tartibda ish ochildi.

​Iste’molchilardan olingan ortiqcha mablag‘larni qaytarish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.

​Eslatibo‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, dori-darmonlar uchun ulgurji savdoda 15%, chakana savdoda esa 20% dan ortiq ustama qo‘llash taqiqlangan.