Bugun Navoiyda “Maktab maslahatchisi” lavozimi uchun test sinovlariga start berildi.
Navoiy viloyati “Kelajak” markazida umumta’lim maktablaridagi “Maktab maslahatchisi” lavozimi uchun intizorlik bilan kutilgan test sinovlari rasman boshlandi.


Joriy yilning 18–19-may kunlari o‘tkazilayotgan mazkur sinovlarda viloyatdagi 294 ta umumta’lim maktabi vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur lavozim uchun belgilangan malaka talablariga to‘liq mos kelgan 1 208 nafar munosib nomzod ayni paytda o‘zlarining bor bilim, ko‘nikma va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Navoiy shahridagi “Kelajak” markazi binosida bo‘lib o‘tayotgan test jarayonlari mutlaqo ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida, yuqori saviyada tashkil etilgan. Bu esa har bir nomzodning o‘z iqtidorini to‘g‘ri va xolis baholashga xizmat qiladi.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlaydigan barcha nomzodlarga test sinovlarida omad, ulkan zafarlar va eng yuqori natijalarni tilab qolamiz.
Shahzod AKMALOV, Navoiy viloyati «Kelajak markazi» axborot xizmati rahbari
