“Tashabbusli byudjet”da gʻolib boʻlmagan 1300 dan ortiq loyihalar uchun qoʻshimcha 1,3 trln soʻm mablagʻ ajratiladi.
Prezident topshirigʻiga binoan, “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1309 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha 1,3 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi.
Shuningdek, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib boʻlmagan loyihalar tahlili oʻtkazilib, 2024-yil uchun byudjet soʻrovida ularni taʼmirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini roʻyxatga kiritish koʻzda tutiladi.