Navoiyda yongan doʻkon qancha zarar koʻrgan?

Navoiyda yongan doʻkon qancha zarar koʻrgan?

Navoiy viloyati  Karmana tumanida qurilish mollari  doʻkonidagi yongʻin toʻgʻrisidagi birlamchi  maʼlumot berildi.

10-aprelga oʻtar kechasi Navoiy viloyati Karmana tuman FVB dispechirlik xizmatiga soat  23:03 da Karmana tumani I. Karimov koʻchasida joylashgan 3 qavatli  qurilish mollari savdo  markazida yongʻin toʻgʻrisidagi xabar kelib tushdi. Xabarga koʻra  FVBdan  14 yongʻin qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea  joyiga zudlik bilan yetib borildi. FVB xodimlari 800 kv m. ga  ega boʻlgan savdo doʻkonidagi yongʻinni soat 01:59 da  bartaraf  etishdi. Tan jarohati olganlar  va xalok boʻlganlar  toʻgʻrisida  maʼlumot  kelib tushmadi.