Sirdaryoda hojatxonadan 3 kishining jasadi topildi

Sirdaryoda hojatxonadan 3 kishining jasadi topildi

27 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Fayzliobod” mahallasida yashovchi 3 nafar fuqaro yashash xonadonining hojatxonasiga hech qanday ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmasdan tushib, baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokurori S.Imatov rahbarligida  tuman prokurori A.Uralov, tuman IIB boshlig‘i A.Mo‘minov, tuman prokuraturasi tergovchisi Sh.Norbo‘tayev va tuman IIBning tezkor xodimlari tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.