Bugun yomg’ir, soyabon olishni unutmang

Bugun yomg’ir, soyabon olishni unutmang

O’zgidrometeorologiyaning xabar berishicha, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat 12-17° iliq, shimolda 5-10° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.
Тog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomgir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat 12-17° iliq, shimolda 5-10° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.
Тog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomgir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.