O‘zbekistonda 2027-yildan plastik paketlar butunlay taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 2027-yildan plastik paketlar butunlay taqiqlanishi mumkin

Bu bo‘yicha milliy dastur loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda.

 

Unga ko‘ra, plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va foydalanishni taqiqlash, uning o‘rniga ekologik jihatdan zararsiz  (bioparchalanuvchi) paketlardan foydalanishni rag‘batlantirish taklifi ilgari surilyapti.

 

Bundan tashqari, dastur loyihasida plastik mahsulotlarining kimyoviy tarkibida zararli moddalardan foydalanishni cheklash va qadoqlarda qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffitsientlarini belgilash nazarda tutil↵gan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.