Dunyoning eng ulkan qora qurbaqasi haqida eshitganmisiz?

Dunyoning eng ulkan qora qurbaqasi haqida eshitganmisiz?

Avstraliyaning shimolidagi bir oʻrmondan topilgan qora qurbaqa, “Qamish qurbaqasi” deb nomlanadigan Rhinella Marina turining hozirgacha aniqlangan eng katta aʼzosi hisoblanadi. Oddiy qurbaqalardan taxminan olti baravar ogʻirlikka ega boʻlgan ushbu qurbaqa 2,7 kg.

Mutaxasislar tomonidan topib olinib, qoʻriqlanayotgan bu jonivorga Godzilla nomidan kelib chiqib, Toadzilla deb ism berildi. “Toad” ingliz tilidan olingan soʻz boʻlib, “Qora qurbaqa” degan maʼnoni bildiradi.

Mutaxasislar avvaliga bunchalik kattalikdagi qurbaqa boʻlishi mumkinligiga ishonmasdan suratlarga shubha bilan qarashdi. Uni oʻz koʻzlari bilan koʻrgandan keyingina ishonishdi. Hozirgi kungacha eng ulkan qora qurbaqa, Shvetsiyadan topilgan boʻlib, u 1991-yilda “Ginnes rekordlar Kitobi” ga kiritilgan 2,65 kilogramlik Prinsen nomli qurbaqa edi.

Toadzilla esa bu rekordni oʻz vazni bilan yangiladi.

Madina EKINOVA tayyorladi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.