Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan.
— Ayollar soni – 17 981 152 kishi
— Erkaklar soni – 18 216 629 kishi
— Shahar aholisi – 18 459 763 kishi
— Qishloq aholisi – 17 738 018 kishi
2023-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 721,7 ming nafarga koʻp.