Bugun ob-havo qanday taxmin qilinmoqda?

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Вa’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Тog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomgir, qor) bo‘ladi. Вa’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

 

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.