Toshkentda 8-sinf oʻquvchisi tok urib vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi umumtaʼlim maktabida sodir boʻlgan hodisa yuzasidan JKning 186 (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) va 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga kirishildi.