Bugun Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

Bugun Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni

Ushbu bayramning tashabbuskori Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) bo’lib, u xalqaro fuqaro aviatsiyasi muvaffaqiyatiga e’tiborni qaratish maqsadida 1992-yilda rezolyutsiyani qabul qildi va unda har yili 7-dekabrni, 1994-yildan boshlab Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni deb e’lon qildi.

Sanani tanlashga 1994-yil 7-dekabrda xalqaro aviatashuvlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi asosiy tamoyillarni belgilab bergan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiya (Chikago konvensiyasi, 1944-yil) imzolanganligining 50 yilligi sabab boʻldi.

1996-yilda ICAO tashabbusi va Kanada hukumati yordami bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi BMT tizimida 7-dekabrni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni sifatida rasman tan oldi.