Samarqand tumani koʻchalari boʻylab «drift» qilgan «shovvoz» larga nisbatan qonuniy chora ko’rildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Yangi yil kechasida sho’xlik qilgan Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi bir necha yosh shovvozlarning xursandchiligi uzoqqa bormadi. O’zlarini «Ko’cha xo’jayini»dek tutgan qoidabuzarlar endi qonun oldida javob beradi.
2023-yil 31-dekabr kuni kechasi transport vositalarining yo’nalishini keskin o’zgartirib Samarqand tumani «Ravonak» mahallasi ko’chasida xavfli «drift» qilib, harakatlangan holati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
O’zi va o’zgalar hayotiga xavf tug’dirib, jamoat tartibini qo’pol tartibda buzganliklari uchun 5 nafar shaxsga nisbatan qonuniy choralar ko’rildi va transport vositalari jarima maydonchasidan joy oldi.