2024-yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari boʻyicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
2024-yilning 1-noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari boʻyicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;
2025-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari boʻyicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga toʻlovni amalga oshirishda cheklovlar oʻrnatiladi.
Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining 2024-yil 4-yanvarda imzolangan “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli Farmoni 4-bandida belgilab qoʻyilmoqda.