foto: uza.uz
Yuqori sinf oʻquvchilariga oʻzlari xohlagan fanni oʻqishiga ruxsat berilishi mumkin.
Oʻzbekistonda 10-11-sinf oʻquvchilari 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich fanlarni mustaqil tanlash imkoniyatiga ega boʻladi. Xususan, unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari kimyo va biologiya, matematika va fizika, tarix va huquq hamda ona tili-adabiyot va chet til kabi fanlardan tanlovni amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, yangi oʻquv dasturi boʻyicha 10-11-sinf oʻquvchilari uchun belgilangan 14 ta majburiy fanlar soni 8 tagacha qisqartiriladi. Shuningdek, 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda oʻquvchilarni ikkita xorijiy til hamda bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.