10-yanvar kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligining Admiraltey tumani bo‘yicha boshqarmasiga O‘zbekiston fuqarosi 23 yoshli Salimova D. dan o‘g‘lining olib qochilgani bo‘yicha ariza kelib tushgan.
Unda o‘sha kuni soat 14:30 da Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulligida bo‘lgan vaqtida o‘g‘li olib qochilgan. 21 yoshli Rustamov D. (ehtimol bolaning biologik otasi bo‘lishi mumkin) bolani ko‘tarib, noma’lum tomonga olib ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgani uchun Rustamov D. qo‘lga olinib, bola onaga topshirilgan.
2024-yil 10-yanvarda Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg shahri bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasining Rossiya jinoyat kodeksining 126-moddasi 2-qismi (odam o‘g‘irlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Rustamov D. Rossiya Federatsiyasi jinoyat-protsessual kodeksining 91-moddasi asosida hibsga olingan.