Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi shifoxonalarning birida janjal sodir boʻlib, bir xodimning kaltaklanganligi iddao qilingan video tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati IIBB munosabat bildirgan.
Voqea 2-fevral kuni Payariq tumani Chelak shifoxonasida sodir boʻlgan. Unda shifoxonaning xodimlari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kuzatiladi va janjal yuzaga keladi.
Hozirda holat yuzasidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan A.N. ga nisbatan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muhim24.uz