foto: muhim24.uz
Bugungi kunda yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan qatlamiga har jihatdan koʻmaklashish borasida ko’plab amaliy ishlar bajarilib kelinmoqda. Xo’sh, bu borada Paxtachi tumanida qanday ishlar amalda qilinmoqda?
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yetim bolalar roʻyxatini shakllantirish hamda erta yetimlikni oldini olish, bolalarning mehribonlik uyiga tushishini oldini olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil qilish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘tgan 2022-yilda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yetim bolalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan “Mehr daftari”ga 46 nafar bola roʻyxatga olingan. “Mehr daftari jamg‘armasi” tomonidan ularning qiziqishi, ehtiyojlari asosida 1 nafariga planshet, 33 nafariga noutbuk, 2 nafariga kompyuter jamlamasi, 5 nafariga telefon apparati, 4 nafariga tikuv mashinkasi, 7 nafariga Booknomy rus tili va ingliz tili qo‘llanmasi, 1 nafariga muzlatgich, 5 nafariga yumshoq mebel, 2 nafariga kitob jovoni va shkaf, 2 nafariga elektron velosiped, shuningdek qo‘shimcha ravishda 12 dona velosiped va 2 dona samakat berilgan. Bu haqda 13 fevral kuni tuman hokimligida o’tkazilgan brifing doirasida ma’lumotlarni taqdim etdi.
2022-yilda 2160 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Shundan, 765 mln soʻm mablagʻ evaziga 835 nafar yoshlarga asbob-uskunalar, 870 nafariga 20 sotixdan yer, 184 nafar yoshlarga 562 mln soʻmlik kontrakt pullari toʻlab berildi. 94 nafar yoshlarga 112 mln soʻmlik 1 martalik moddiy yordam berilgan.
Bundan tashqari, 33 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi toʻlov badali uchun 178 mln soʻm mablag‘ o‘tkazib berildi. 15 nafar yoshlarga 18 mln soʻm mablagʻ haydovchilik guvohnomasi olish uchun ajratildi. 38 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi. 26 nafar yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish maqsadida 6 oylik toʻlov pullari toʻlab kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-apreldagi «Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo aravachalar bilan ta’minlash tartibi to’g’risidagi nizom»iga asosan, Paxtachi tuman tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limi tomonidan 2022-yil davomida 50 nafar shaxsga nogironlar aravasi, 26 nafariga nogironlar elektr yuritmali kreslo-aravasi, 41 nafariga nogironlar xassa, 29 nafariga nogironlar qo’ltiq tayoq, 15 nafar nogironlar eshitish moslamasi, 7 nafar nogironlar xodunok, 3 nafar nogironlar tirsakli xassa, 32 nafar nogironlar protez ortopediya mahsulotlari uchun sertifikat bilan, 150 nafar pensioner va nogironlar sihatgoh yo’llanmasi bilan ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi №237-sonli “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora tadbirlari to’g’risidagi” qaroriga asosan 186 nafar yakka-yolg’izlarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatilib kelinmoqda. 186 nafar yakka-yolg’izlarga 20 nafar ijtimoiy xodimlar manzilli ijtimoiy xizmat ko’rsatib kelmoqda.