Elektromobilni uyida quvvatlash uchun hisoblagich o‘rnatgan xonadonlar uchun tungi vaqtda arzon tarif qo‘llaniladi. Ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda maʼlum bo‘ldi.
Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida ham quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi 3 yilda O‘zbekistonda elektromobillar soni 10 karra oshib 35 mingtaga yetgan.