Foto: russkiymir.ru
Tivadagi maktablardan birida o‘quvchilar bilan suhbatlashgan Rossiya rahbari o‘quvchilardan birining necha soat uxlash haqidagi savoliga javob berar ekan, Putin bu borada unga ergashmasliklarini so‘radi.
“Bu ma’noda mendan o‘rnak olmang, men yaxshi namuna emasman. Bugun men atigi to‘rt soat uxladim, bu juda oz. Odatda men olti soat uxlayman. Siz esa odatdagidek, kamida sakkiz soat uxlashingiz kerak”, degan Putin.