Samarqand shahrida mashinani gʻildiraklarini oʻgʻirlab ketganlar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berishdi.
Samarqand shahar Sattepo maskani “Guliston” MFYda yashovchi, fuqaro Samarqand viloyat IIB Navbatchilik Qismining “102” operatoriga murojaat qilib, 2023-yil 15-yanvar kunidan 16-yanvar kuniga oʻtar kechasi oʻziga tegishli boʻlgan “COBALT” rusumli avtomashinasini 4 dona gʻildiraklarini nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlab ketganligini maʼlum kilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilayotgan edi.
Samarqad shahri boʻyicha IIO FMB 2-son IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, mazkur oʻgʻrilik jinoyatini Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani “Navroʻz” MFY Jar qishlogʻida yashovchi 3 nafar shaxslar sodir etganligi aniqlandi.
Ushbu shaxslar, joriy yil 1-fevral kuni oʻgʻirlangan shinalarni Qarshi shahridagi bozorga olib borib, 300 AQSH dollari evaziga sotib, pullarni oʻz ehtiyoji yoʻlida ishlatib yuborishgan.
Gumon qilinuvchilar bilan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ular joriy yil 17-yanvar kuniga oʻtar kechasi soat 02:00larda Yakkabogʻ tumani Gʻozliq MFY Gʻozliq qishlogʻida yashovchi fuqaroga tegishli boʻlgan Lacetti-Jentra rusumli avtomashinaning ham bir dona shinasini oʻgʻirlaganligi aniqlanib, ulardan bir dona shina hujjatlashtirib olindi.
Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.