Toshkent xalqaro aeroportidan chiqish yoʻli oʻzgardi

Toshkent xalqaro aeroportidan chiqish yoʻli oʻzgardi

Aeroportdan shaharga chiqayotgan yoʻlovchilar uchun chiqish yoʻli vaqtinchalik chap tomonga – taksi yoʻlagining ortiga koʻchirildi.

Uzbekistan Airports xabariga koʻra, hozirda uchib kelish zali yonidagi avtoturargohda yoʻl qoplamasini taʼmirlash ishlari olib borilyapti.