Chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha milliy dastur tasdiqlandi

Chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha milliy dastur tasdiqlandi

Prezident Qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024–2030-yillarga moʻljallangan milliy dastur tasdiqlandi.

Quyidagilar Milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:

— chang va qum boʻronlari oldini olish va oqibatlarini yumshatishda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish hamda hududlarda yashil qoplamalarni kengaytirish;

— 2028-yilgacha kuchli chang boʻronlari hosil boʻlish surʼatlarini hozirgi holatiga nisbatan 50 foizga qisqartirish.

2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarni oʻrnatish ishlari boshlanadi.

2026-yil 1-yanvardan Toshkentda oʻrnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravishda atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda gidrometeorologik maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi.