Bugun ob-havo qanday bo’ladi?

Bugun ob-havo qanday bo’ladi?

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.