Bugun kunduzi ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba‘zi joylarda yomg‘ir yoga‘di, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.
Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?
Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.
