Dunyoda maymun chechagini yuqtirish holatlari rekord darajaga yetdi – JSST.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi hisobotiga koʻra, sentyabr oyida dunyo boʻyicha mpox (maymun chechagi) infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajaga yetgan.
Bu davrda 2763 ta yangi kasallanish holati roʻyxatga olinib, avgust oyiga nisbatan 8 foiz oʻsish qayd etilgan. Aniqlangan bemorlarning asosiy qismi, yaʼni 1756 nafari Afrika mintaqasi aholisi hissasiga toʻgʻri keladi.