Oʻzbekiston COP29da ishtirok etadi

Oʻzbekiston COP29da ishtirok etadi

Oʻzbekistonda 2024-yilning 11–22-noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi (BMT UNFCCC) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasiga (COP29) qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

COP29 doirasida Oʻzbekiston hukumati tomonidan oʻzbek madaniyati, tarixi va noyob muhiti asosidagi anʼanaviy tamoyillar va texnologiyalarni aks ettiruvchi Milliy pavilyon ochiladi. Anʼanaviy oʻzbek xonadoni – “hovli” namunasi boʻlgan pavilyon yillar davomida har bir oʻzbek xonadoni maskani boʻlib kelgan hovli muhitini oʻz ichiga oladi.

Bu yerda tabiat uyning bir qismiga aylanadi: uzum bilan qoplangan yashil maydonlar soya va qulaylik yaratadi, anʼanaviy materiallar va qadimiy qurilish usullari esa ekologik toza va barqarorlikni oʻzida mujassam etadi.