Sankt-Peterburgda 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qotillik qurboni bo‘ldi. U bo‘g‘ib o‘ldirilib, jasadi sumkaga solingan va podvalda ko‘milgan.
Marhuma noyabr boshida ishlash uchun Rossiyaga kelgan. Qotillikda gumonlanuvchi ertasi kuni shahardan chiqib ketgan. Marhumaning ukasi uni topish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.