Lasetti» rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻldi

Lasetti» rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻldi

25-dekabr kuni soat 16:35da Samarqand shahar Panjikent va Sadriddin Ayniy koʻchalari kesishmasiga harakatlanib kelgan «Lasetti» rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar berilgan.

Xabarga koʻra, voqea joyiga 2ta Yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:41 da yetib borib, yongʻin soat 16:50da oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinnig kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda