Endi elektr energiyasi iste’moli 200 kilovatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘mdan to‘lanadi.
Endi elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari (20%) miqdorida to‘lov undiriladi.
Eski tartibda «Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 10 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.» shaklida edi.
Masalan, Elektr energiyasi bo‘yicha bir oylik bazaviy me’yor 200 kVt soat ni tashkil qilsa siz har bir kVt soat uchun 450 so‘mdan to‘lardingiz. 200 kVt soatdan o‘tgan har bir kVt soat uchun to‘lov endi 900 so‘m emas, 450 so’mning 1.2 barobari miqdorda, ya’ni 540 so‘m shakilda hisoblanadi.
Ammo, bu qaror maishiy iste’molchilardan tashqari, ya’ni yuridik shaxslargagina amal qiladi.