Estrada xonandasi, bastakor Baxtiyor Sultonov vafot etdi, deya xabar bermoqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati.
Baxtiyor Sultonov «Bedana» qo‘shig‘i bilan muxlislar qalbidan joy olgandi, u «Toshkent» guruhining xonandasi bo‘lgan.
Baxtiyor Sultonov 1965-yil 15-fevralda tug‘ilgan. Uning “Bedana”, “Do‘st”, “Dildorim”, “Sut sog‘uvchi oybodoq”,«Bog‘ saylina galadi» va boshqa qo‘shiqlar muallifidir.
Muhim24.uz Baxtiyor Sultonovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.