foto: yuz.uz sayti
Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari davlat chegarasining umumiy uchastkasini demarkatsiya qilish tartibini belgilovchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi. Bu haqda kecha, 20 fevral kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi ikki davlat delegatsiyalarining Toshkentda yakunlangan muzokaralari yakunlari bo‘yicha bergan izohida ma’lum qildi.
“Uchrashuv davomida tomonlar Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayonini tartibga soluvchi normativ-texnik hujjatlar loyihalarini kelgusida tasdiqlash uchun tayyorladilar, shuningdek, chegaraning ayrim uchastkalarini joyida tekshirish jadvalini kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, Toshkent uchrashuvi yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolangan.
“Keyingi uchrashuv Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi”, deb ishontirdi hukumat.
Qirg‘iz-O‘zbekiston chegarasining uzunligi 1,3 ming kmdan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Bu Qirg‘izistonning qo‘shni davlat bilan eng uzun tashqi chegarasi. Tomonlar o‘tgan asrning 90-yillaridan beri bahsli hududlar bo‘yicha muammolarni hal qila olmay keladi.