Belarus va O‘zbekistonda birja savdosi hajmi 3 barobarga oshdi

Belarus va O‘zbekistonda birja savdosi hajmi 3 barobarga oshdi

Belarus universal tovar birjasining Gomel filiali direktori Grigoriy Ginsarning so‘zlariga ko‘ra, birja operatsiyalari hajmi 55 million dollarga yetgan.

 

“2024 yil yanvar oyida 97 ta Oʻzbekiston kompaniyasi birjada akkreditatsiyadan oʻtgan boʻlsa, dekabr oyi oxiriga kelib ularning soni 177 taga yetdi. Birja savdolariga qiziqish ortib borayotgani Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari bilan olib borilayotgan keng qamrovli axborot ishlari natijasidir”, — dedi Ginsar.