AQSH Davlat kotibi Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan bo’ladi. Bu haqda mamlakat rasmiylari xabar bermoqda.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken joriy yil 28-fevraldan 3-martgacha Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga safar qiladi. 28-fevral kuni Qozog‘istonning Ostona shahriga tashrif buyuradi va u yerda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Qozog‘istonning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashadi. Shuningdek, C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shundan soʻng Blinken Oʻzbekistonda boʻladi. Rasmiylar bilan uchrashuvda oʻzaro hamkorlik va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.