Zulfiya mukofoti sovrindori, estrada xonandasi Shirin Abdullayeva vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” xabar berdi.
Shirin Abdullayeva 2005 yil 14 dekabr sanasida Namangan viloyati Namangan shahrida dunyoga kelgan. Qo‘shiqchi, model va aktrisa sifatida faoliyat yuritgan marhuma Pekindagi Sinxua universiteti talabasi bo‘lgan. 2023 yilda san’at yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
U 2009 yil “Onajonim” filmida ilk rolini ijro etgan. Undan keyingi yillarda bir necha filmlarga tushgan.