Bugungi kunda mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash, ularga munosib sharoitlar yaratib berishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Paxtachi tumanidagi 40-MTTda ham bolajonlarning bog’cha tarbiyasi va ta’limi uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratilgan.
Bugungi kunda bog’chada 14 nafar pedagog-ishchi xodimlar faoliyat olib boradi. MTT 120 o’ringa moslashgan va hozirgi kunda 60 nafar tarbiyalanuvchini o’z bag’riga olgan. Ta’lim tashkilotida har bir tarbiyalanuvchining salomatligiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Joriy yilning 20-mart kuni 40-MTTda Navro’z bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan sahna chqishlari, kuy-qo’shiqlar va bahoriy she’rlar jamlanmasi mehmon ota-onalarga taqdim etildi.
Bog’chada joriy yil fevral oyidan boshlab Sadoqat TURDIQULOVA direktorlik vazifasini bajarib kelmoqda. Uning rahbarligiga jamoa ish va tarbiya mexanizmi zamonaviy tarzda yangi metodlarga o’tilgan.
40-MTTda musiqa, jismoniy tarbiya, mental arifmetika kabi mashg’ultlar mumtazam yo’lga qo’yilgan. Tarbiyachilarning mas’uliyatlari ortidan bugun bog’cha tarbiyalanuvchilari mental arifmetika bo’yicha viloyat va respublika bo’yicha turli xil tanlovlarda yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda.
MTTda tashkil etilgan bayram tadbiri davomida qator tarbiyachi va tarbiyanuvchilar mavsum davomidagi erishilgan yutuqlar va say-harakatlar uchun rahbariyat tomonidan «Faxriy yorliq» va «Tashakkurnoma»lar bilan taqdirlandi.
Qisqa qilib aytganda, har bir jarayon zamonaviy tarzda olib boriladi. Bu esa MTTning nufuzi va tarbiyalanuvchi bolajonlarning kelajakdagi o’rniga ijobiy hissa qo’shib kelmoqda.
Jamolbek SALOMOV «MUHIM24.uz» uchun tayyorladi