Norasmiy uchrashuv: Mirziyoyev va Toqayev qanday masalalarni muhokama qildi?
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv oʻtkazdilar.
3-mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv oʻtkazdilar.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari oʻrinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi toʻgʻrisida hisobotlarini tingladilar.
Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, boʻlajak tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona muhitda oʻtdi.